Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

Ruslanbek Quroltayevich Davletov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-maʼrifiy va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Abdusalom Abdumavlanovich Azizov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-maʼrifiy va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;

Suxrob Djoʻraqulovich Yusupov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-maʼrifiy va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;

Adxam Muratovich Turdiyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-maʼrifiy va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shoʻbasi mudiri lavozimidan ozod etildi;

Muzaffar Murotovich Kamilov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Olim Adilovich Saliyev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.