Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Anvar Alimov 1955-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1978-yilda hozirgi Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan.
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi, tibbiyot fanlari doktori.
Mehnat faoliyatining ilk davrida Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida dekan, keyinroq Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti devonida konsultant, yetakchi konsultant (1994-1999), Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori (2000-2009), Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari (2009-2012) kabi masʼul lavozimlarida ishlagan.
2012-2016-yillarda sogʻliqni saqlash vaziri boʻlgan, 2006-2020-yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimida ishlagan.
Professor Anvar Alimov 2020-yildan hozirga qadar Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.