Sobiq sportchi yasama qurol bilan otib ketildi

    Shahrisabz tumani prokuraturasi tomonidan Toʻra Avloqulovning hayotiga suiqasd qilinganligi holati bilan bogʻliq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.

    Aniqlanishicha, gumonlanuvchi shaxs oʻzaro janjal davomida temir quvurdan qoʻlbola usulda yasalgan qurol bilan T.Avlaqulovning bosh qismiga qaratgan holda bir marta oʻq uzgan. Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

    Shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan jabrlanuvchi T.Avloqulov 31-mart kuni vafot etgan.

    Tergov harakatlari har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻtkazilishi va natijasi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.