Sobiq vazir Jinoyat kodeksining 167-moddasining (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi a-bandi, v-bandi, 205-modda (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 2-qismi a-bandi, 206-modda (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi a-bandi, 209-modda (mansab soxtakorligi) 2-qismi a-bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmoniga muvofiq, davlat xizmatchilarining kasbiy faoliyati bilan bogʻliq huquqbuzarliklarga oid ishlar boʻyicha sud majlislari telekanallar, shuningdek, internet tarmogʻi orqali jonli efirga uzatilishi lozimligi belgilangan.
Shunga asosan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur sud majlisi yuqoridagi Farmon talablari asosida jamoatchilik uchun ochiq tarzda oʻtkazilishi maqsadga muvofiq ekanligini maʼlum qiladi.