Sobiq vazirga oid sud yopiq tarzda koʻriladi

    Jinoyat ishlari Yunusobod sudi binosida koʻrilayotgan sobiq vazir Aziz Voitov va yana 49 nnafar sudlanuvchiga oid ish yopiq tarzda boʻlib oʻtishi belgilandi.

    Bu haqda sud majlisida maʼlum qilindi.

    Bunga fuqaroviy davogarlardan biri — Qishloq xoʻjaligi vazirligi qoshidagi xizmat koʻrsatish agentligining shu haqdagi iltimosnomasi sabab boʻlgan.

    Bir necha advokatlar jumladan: advokat Qilichov, Rahmatov, Alimov va Yangiboyevlar hamda aksariyat sudlanuvchilar bu iltimosnomani rad etishni soʻragan boʻlsada, sudlov ishiga raislik qiluvchi Sardor Sodiqov “xizmat doirasidan foydalanish mumkin boʻlgan maʼlumotlar yangrashini inobatga olgan holda shunday qarorga keldik”, deya sudni yopiq deb eʼlon qildi.