Shu yilning 15-avgust kuni Toshkent shahar sudining binosida jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudining ish yurituvida boʻlgan A. Voitov (Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimida ishlagan) va boshqalarga hamda jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudining ish yurituvida boʻlgan X. Karimov (Qishlok xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi direktori lavozimida ishlagan) va boshqalarga oid jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish yuzasidan dastlabki eshituv oʻtkaziladi.
Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi berdi.
Dastlabki eshituv Jinoyat-protsessual kodeksining 405-6-moddasi talabiga muvofiq yopiq sud majlisida oʻtkaziladi.
“Qoʻshimcha maʼlumot va sud majlisi tayinlangan kun haqida axborot dastlabki eshituvni oʻtkazish natijalari boʻyicha beriladi”, – deyiladi Oliy sud matbuot xizmati xabari.