Sobir Rahimov 120 yoshda

    So'nggi yillarda mamlakatimizda sovuq urush davrida farovon kelajak uchun kurashgan fidoyi insonlarning xotirasini abadiylashtirish, ularning xotirasiga hurmat va ehtirom ko'rsatish borasida qator harakatlar amalga oshirilmoqda.

    Dastavval tadbir ishtirokchilari Yakkasaroy tumanida joylashgan “Birodar qabristoni” maydonida bo'lib, u erda Sobir Rahimov sharafiga o'rnatilgan yodgorlik poyiga gul qo'yib, uning xotirasiga ehtirom ko'rsatildi.

    “Xotira muqaddas – inson qadri aziz!” mavzusida o'tkazilgan tadbirda general mayor Sobir Rahimovning yaqinlari, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zolari, Raspublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi vakillari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.

    Tadbirda Sobir Rahimovning Ikkinchi jahon urushi davridagi harbiy faoliyati, vatan tinchligini asrash yo'lida ko'rsatgan qahramonliklari xususida so'z bordi. Shuningdek, mavzu doirasida yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.

    Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari esa urush yillarida O'zbekiston san'atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlarni yodga olib, ularni tadbir ishtirokchilariga o'z maromida ijro etib berdi, deb xabar bermoqda “G'alaba bog'i” yodgorlik majmuasi matbuot xizmati.