“Ikkinchi toʻlqin qachonki odamlar ikkinchi marta kasallanish xavfi ostida qolganda yuzaga keladi, —deb fikriga aniqlik kiritdi Sergey Sobyanin.— Na bizda, na dunyoda unday holat mavjud emas. Kasallanishning avjini biz hatto birinchi toʻlqinni boshidan kechirmagan hududlarda kuzatyapmiz”. Dunyoning ushbu kasallik eng avj olgan megapolislari qatorida hokim Moskva, London, Nyu-York va Parij shaharlarini tilga oldi, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.

Rossiya poytaxtiga kelsak, bu yerda kasallanish sonining bir kunlik koʻrsatkichi bahor oylaridagi davrga nisbatan oʻnlab marta pastlaganining guvohi boʻlyapmiz.Undan tashqari tadqiqotlar natijasiga koʻra, moskvaliklarda COVID-19ga nisbatan kollektiv immunitet shakllanib boryapti. Va aynan mana shu holat asta-sekini chegaralanishlardan chiqish imkonini beryapti.

Eslatib oʻtamiz, shanba kuni Moskva nihoyat kinoteatrlarni ochgan. Koʻpchilik sinematograflar yetakchi tarmoqlarda namoyish etila boshladi. Ular Rospotrebnadzor tomonidan belgilangan qatʼiy tartiblarga muvofiq faoliyat olib boradilar, zallar dezinfeksiya qilinadi, ijtimoiy masofa saqlanishi taʼminlanadi.