Express xabariga asoslanib, aytish mumkinki, soch toʻkilishini sekinlashtirishda avakado ayniqsa foydalidir. Mutaxassisning taʼkidlashicha, uning tarkibida himoya qiladigan Ye vitamini mavjud boʻlib, bir dona meva kunlik miqdorning 20 foizini oʻz ichiga oladi.
Shuningdek u soch toʻkilishining oldini olish uchun ratsionga batat qoʻshishni maslahat berdi. Bu sabzavot beta-karotinning muhim manbai boʻlib, soch oʻsishini tezlashtirish imkoniyatiga ega.
“Kerakli ozuqaviy moddalar bilan muvozanatli ovqatlanish sochlarning oʻsishiga yordam beradi, ayniqsa sochlar yomon ovqatlanish tufayli toʻkilish holatida”, — deb xulosa qilgan shifokorning gaplarini keltirmoqda Aniq. uz