Soch tolasidan 50-marta ingichka

    Bilasizmi? 2 Avgust 2021 2896

    Oʻpka behisob mayda pufakchalar — aveolalardan iborat boʻlib, ikkita katta rezina mochalka, yani gupkaga oʻxshaydi.

    Mayda pufakchalar devorini koʻzga koʻrinmas qon tomirchalarining toʻri oʻrab olgan. Mana shu qon tomirlari soch tolasidan 50-marta ingichka.

    Katta yoshdagi odam oʻpkasida 700 miliondan ortiq aveola mavjud. Agar ularning qobigʻini bir-biriga birlashtirib yozilsa, 100 kvadrat mertli parda hosil boʻzladi.

    Odam bir kecha kunduzda oʻpkasi orqali nafas olishga sarflanadigan 500 litrga yaqin havo bir tonna suvni ikkinchi qavatga chiqarib berish uchun yetadigan quvvatga teng. Ana, odamning naqas olish apparati qanday katta kuchga ega ekan.

    Feruza Joʻrayeva tayyorladi