Sochi shahridagi “Yevroosiyo – bizning uyimiz” koʻrgazmasida Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda

    Xalqaro hamkorlik 9 Iyun 2023 1100

    Sochi shahrida MDH Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

    Rossiyaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi organlariga raisligi doirasida “Sirius” fan va sanʼat bogʻida “Yevroosiyo – bizning uyimiz” koʻrgazmasi tashkil etildi.

    Koʻrgazmadan koʻzlangan asosiy maqsad, MDH mamlakatlari oʻrtasida hamkorlikdagi muvaffaqiyatli loyihalarni namoyish etishdan iborat.

    Sanoat kooperatsiyasi, oziq-ovqat xavfsizligi va agrosanoat kompleksi, energetika, sogʻliqni saqlash, farmatsevtika, transport va logistika, moliya va oʻzaro hisob-kitoblar, turizm, sport, taʼlim va yoshlar siyosati - koʻrgazmaning tematik yoʻnalishlari boʻldi.

    Koʻrgazmada Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi ham ishtirok etmoqda.