Hujjatda belgilanishicha, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqilishi (reeksport bojxona tizimi bundan mustasno) 1-oktyabrga qadar vaqtinchalik toʻxtatiladi. Ilgari barcha farmatsevtika mahsulotlarini olish chiqish taqiqlangan edi.

Bunda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan ayrim dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni eksport qilishga Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligining qoʻshma xulosasi asosida ruxsat beriladi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlangan:

a) Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar roʻyxati;

b) Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻllaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar roʻyxati.

Dori vositalarining yangi roʻyxatidan quyidagilar chiqarib tashlangan: umifenovir, meglyuminaakridonatsetat, ribavirin, ritonavir, lopinavir, sikloferon, ivermektin, nelfinavir, ingaverin, anaferon, groprinosin, areplivir, sulfokamfokain 99,2 mg/ml, interferon, gelofuzin, dofamin va kriopretsipitat.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 12.08.2020-yildan kuchga kirgan.

Bahodir Qayumov