Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar J.R., J.N. va F.Oʻ. Shofirkon tumani hududida jami 437,3 gramm boʻlgan 4 dona sof quyma oltin boʻlaklarini fuqarolar R.Sh., F.Sh.ga 7 ming AQSH dollari va 300 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.