Kecha OFK kubogi mintaqalararo yarimfinalida Jizzaxning “Soʻgʻdiyona” klubi oʻz maydonida Honkongning “Ister” klubini qabul qildi.
Shuni aytib oʻtish lozimki, stadionga 10 mingga yaqin tomoshabin keldi. Oʻyin teng kurashlar ostida oʻtdi. Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanishiga besh daqiqa qolganida Shoxruz Norxonov hisobni ochdi va shu yagona gol hisobiga jizzaxliklar keyingi bosqichga yoʻl oldi.
Shu tariqa, “Soʻgʻdiyona” oʻz tarixida ilk marta OFK kubogi mintaqalararo finaliga, turnir yarim finaliga chiqdi. Yarim finaldagi raqib jamoa nomi bugun Hindistonning “Mohun Bagan” va Malayziyaning “Kuala-Lumpur Siti” jamoalari oʻrtasidagi bahsda maʼlum boʻladi.
Bu bahs ham 5-oktyabr kuni Jizzaxda oʻtkaziladi.
Jizzaxliklar bu toʻsiqdan ham oʻta olsa, OFK Kubogi finaliga chiqadi va Gʻarbiy hudud gʻolibiga roʻbaroʻ keladi. Gʻarbiy hududda “Al-Arabiy” (Kuvayt), “As-Sib” (Ummon), “Ist Riffa” (Bahrayn) va “Ar-Riffa” (Bahrayn) finalga chiqish uchun oʻzaro kurash olib bormoqda.
Hozircha final oʻyinning sanasi va qayerda oʻtkazilishi maʼlum emas.