“So'g'diyona” keyingi bosqichda

    Jamoa navbatdagi o'yinlarni qaysi klublar bilan o'tkazishi mumkin?

    Tojikistonning Xo'jand shahrida OFK kubogi doirasida bir o'yindan iborat pley-off bahsi bo'lib o'tdi. Unda Xo'jandning “Xo'jand” va Jizzaxning “So'g'diyona” jamoalari uchrashdi. O'yinning 13 va 21-daqiqalarida Jasur Hasanov mezbonlar darvozasini aniq nishonga oldi. 29-daqiqada Shoxrux Norxonov hisobni yiriklashtirdi – 0:3.

    Ikkinchi bo'lim yakunida esa, Javohir Qahramonov to'rtinchi gol muallifi bo'ldi. Shu tariqa, “So'g'diyona” keyingi bosqichga chiqdi.

    Jizzaxliklar navbatdagi bosqich – hududlararo pley-off yarim finalida Honkongning “Istern” klubi bilan bahslashadi. Bu o'yin 6 sentyabr` kuni Jizzaxda o'tkaziladi.

    Agar “So'g'diyona” “Istern”ni engsa, yarim final – hududlararo pley-off finalida Malayziyaning “Kuala Lumpur” va Indoneziyaning “Makassar” jamolari o'rtasidagi o'yin g'olibi bilan uchrashadi. Bu o'yin ham Jizzaxda, 5 oktyabr` kuni o'tkazilishi mumkin.

    Jizzaxliklar bu to'siqdan ham o'ta olsa, OFK Kubogi finaliga chiqadi va G'arbiy hudud g'olibiga ro'baro' keladi. G'arbiy hududda “Al-Arabiy” (Kuvayt), “As-Sib” (Ummon), “Ist Riffa” (Bahrayn) va “Ar-Riffa” (Bahrayn) finalga chiqish uchun o'zaro kurash olib bormoqda.

    Hozircha final o'yinning sanasi va qaerda o'tkazilishi ma'lum emas.