Jizzaxning “Soʻgʻdiyona” klubi OFK Kubogi yarim finaliga chiqqani haqida avval xabar bergan edik. Kecha jizzaxliklarning navbatdagi raqibi maʼlum boʻldi.
Malayziyaning “Kuala Lumpur” jamoasi pley-off uchrashuvini safarda Hindistonning “Mohun Bagan” klubiga qarshi oʻtkazib, 3:1 hisobida gʻalaba qozonidi.
“Soʻgʻdiyona” – “Kuala Lumpur” bahsi 5-oktyabr kuni Jizzaxda boʻlib oʻtadi. Ushbu oʻyin gʻolibi OFK Kubogi finalida “As-Sib” (Ummon) – “Ar-Riffa” (Bahrayn) juftligi gʻolibi bilan oʻynaydi.
Hozircha final oʻyinning sanasi va qayerda oʻtkazilishi maʼlum emas.