Sogʻliq uchun xavfli dorilar roʻyxati eʼlon qilindi

    SSV huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi marakazi” davlat muassasasi ijtimoiy tarmoqlarda ozdirish vositasi sifatida sotilayotgan mahsulotlardan ogohlantirdi.

    Quyidagi mahsulotlarni realizatsiya qilish va saqlash taqiqlanadi:

    ▪️ “Reborn Ultimate”

    ▪️ “Lipotrim Ultra”

    ▪️ "Seksualnaya figura”

    ▪️ “Al-Sheikh”

    ▪️ “Fatzorb”

    ▪️ “Fatzorb Ultra”

    ▪️ “Fatzorb Plus”

    ▪️ “Spirulina”

    ▪️ “Arabic”

    ▪️ “Reduksin Layt”

    ▪️ “Kod S”

    ▪️ “Shafran diet”

    ▪️ “Gold Puma”

    ▪️ “Blokator jira”

    ▪️ “Hot pepper”

    ▪️ “Fermentaiz”

    ▪️ “Lipoksin dlya poxudeniya”

    ▪️ “Kuaymыy Extra”

    ▪️ Slim ultra (Samyun Wan)

    Oʻzbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy yoʻllar bilan kirib kelgan va Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda ashyoviy dalil sifatida olingan ushbu mahsulotlar Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi laboratoriyalarida tekshirilganda ularning tarkibida sibutramin moddasi mavjudligi aniqlandi.

    Taʼkidlash joiz, mazkur modda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 818-son qarori bilan tasdiqlangan Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, lekin tarkibida sibutramin moddasi mavjud boʻlgan yuqoridagi 19 turdagi mahsulot dori vositasi sifatida Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan.

    Eslatib oʻtamiz, kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik uchun qonunchiligimizda jinoiy javobgarlik belgilangan.