Fuqarolarning sogʻliqni saqlash sohasidagi murojaatlarini hal etish maqsadida 8-oktyabr kuni sogʻliqni saqlash, tibbiyot hamda ijtimoiy himoya tizimidagi idora va tashkilotlar, shahar va tuman hokimliklari, hududiy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ommaviy qabul oʻtkaziladi.
Aholi bilan ochiq muloqotda Vazirlar Mahkamasining taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, “Dori-darmon” AJ, Toshkent shahri va tumanlari hokimlarining ushbu sohaga masʼul oʻrinbosarlari hamda boshqa idoralar rahbarlari fuqarolarni qabul qiladi.