Topshiriq va vazifalar hamda qo'yilgan talablarni o'z vaqtida bajarmagani sababli “O‘zmedimpeks” MCHJ direktori A.Nabiev, Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.Sharipov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Shuningdek, o'z yo'nalishida etarli natija ko'rsata olmagani bois vazirlikning Dori vositalari va tibbiy buyumlar va jihozlar muomalasini tartibga solish va muruvvat yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i X.Ganieva hamda yana bir qator mas'ullar ishdan olindi.
Bu haqda Sog'liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov rahbarligida bo'lib o'tgan vazirlikning navbatdan tashqari Hay'at yig'ilishida ma'lum qilindi.
Vazirning tegishli buyrug'i bilan Investitsiya va grant loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajarib kelgan N.Rasulov ham o'z lavozimidan ozod etildi.