“Aholi salomatligi — 2030” strategiyasi loyihasining 2024-2026-yillarga moʻljallangan amaliy tadbirlar rejasiga koʻra, yurtimizdagi 565 ta davolash-profilaktika muassasasida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Shu maqsadda:

  • 475 ming nafar xodimning raqamli texnologiyalar boʻyicha malakasini oshirish;
  • “KfW” bankining “Raqamli sogʻliqni saqlash islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida raqamli sogʻliqni saqlash yagona platformasini yaratish;
  • tibbiyot sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish;
  • davolash-profilaktika muassasalarini axborot-texnika vositalari bilan taʼminlash orqali moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
  • tibbiyot xodimlarining raqamli texnologiyalar bilan taʼminlanganlik darajasini 100 foizga yetkazish nazarda tutilyapti.