Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni (PF-88-son, 19.05.2025-y.) qabul qilindi.
Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning yangi tizimini joriy etishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- xalqaro tajribaga asoslangan aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning yangi modelini joriy qilish;
- aholiga tibbiy yordam koʻrsatishda oilaviy shifokor ulushini 70 foizga yetkazish;
- sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish hamda tibbiyotda qogʻozbozlikni kamaytirish orqali tibbiyot xodimlari ish yuklamasini 30 foizgacha kamaytirish;
- 2025-yil 1-iyuldan mazkur Farmonda belgilangan tuman (shahar)larda, 2026-yil 1-yanvardan Samarqand viloyatining barcha tuman (shahar)larida tajriba-sinov tariqasida sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy qilinadi.
Tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari negizida tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari tashkil etiladi.