Sogʻliqni saqlash vaziri o'zgarmoqda

    Abduhakim Xadjibayev nomzodi Sogʻliqni saqlash vaziri lavozimiga maʼqullandi

    2020-yil 3-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

    Unda deputatlar Sogʻliqni saqlash vaziri lavozimiga Abduhakim Xadjibayev nomzodini koʻrib chiqdilar.

    Xalq vakillari tomonidan Abduhakim Xadjibayev nomzodi maʼqullandi.

    Ma'lumot o'rnida: Abduhakim Xadjibayev Sog'liqni saqlash vazirining 1-o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.