“Qozogʻiston Respublikasi Moliya vazirligining moliyaviy monitoring qoʻmitasi, Qozogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari O. Abishevning iqtisodiy tergov xizmati xodimlari tomonidan byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirishda gumon qilinib hibsga olinganligi faktini tasdiqlaydi”, - deyiladi xabarda.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qozogʻiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 201-moddasiga muvofiq, sudgacha tergov maʼlumotlari oshkor qilinmaydi.

Oljas Abishev 2018-yilda sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi. U raqamlashtirish va axborot xavfsizligi masalalari uchun masʼul edi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati rahbari Alik Shpekbayev ikki vazirlikning yuqori lavozimli amaldorlariga qarshi jinoiy ishlar ochilganini aytgan edi.