Unda Sogʻliqni saqlash vazirligi binosi zamonaviy talablarga javob bermay qolgani haqida bildirilgan fikrlarga javoban davlat rahbari tomonidan bu masalaga eʼtibor berish va yechim topish boʻyicha topshiriq berilgan. Shuningdek, yigʻilishda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining avvalgi binosini SSVga berish boʻyicha taklif ilgari surilgan ham edi.

Davlat rahbarining topshirigʻiga asosan, Navroʻz ayyomi kunlarida vazirlik markaziy apparati yangi binoda ish boshladi. Uzoq yillardan beri vazirlik oʻrnashib kelgan Navoiy koʻchasidagi 12-uy vazifalari kengayib borayotgan vazirlik talablariga javob bermay qolgan edi.

SSV koʻchib oʻtgan Navoiy koʻchasidagi 4-uy yangidan taʼmirlangan, barcha zamonaviy imkoniyatlarga ega.