Jumladan, sogʻliqni saqlashga kompyuter olish uchun ajratilgan 20 milliard soʻm 2-yildan beri ishlatilmasdan turibdi.

Fermer, dehqon va tomorqa yer egalariga 51 turdagi subsidiyalar uchun soʻnggi ikki yilda 5,4 trillion soʻm ajratildi, lekin talablar murakkab boʻlgani uchun 15 turdagi subsidiya ikki yil davomida hech kimga berilmagan.

Yana bir masala - qurilishda xarajatlarni 30-40 foizga qisqartirish lozim.

Iqtisod qilish – ish hajmini qisqartirish emas, loyihani toʻgʻri qilish, “shishirilgan” xarajat va ortiqcha hashamatni kesish hisobidan boʻlishi kerak - dedi Prezident.

Bu borada loyiha institutlari faoliyati, yondashuvlari va masʼuliyatini tubdan oʻzgartirish kerakligi qayd etilib, Vazirlar Mahkamasiga yetakchi davlat loyiha tashkilotlarini takomillashtirish boʻyicha qaror kiritish topshirildi.