Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-may holatiga sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 598 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
2021-yilning 1-may holatiga koʻra, ushbu sohada jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 9 577 tani tashkil etmoqda.
2021-yil yanvar-aprel oyida sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida eng koʻp yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega boʻlgan hududlar:
Toshkent shahri – 117 ta;
Fargʻona viloyati – 67 ta;
Toshkent viloyati – 56 ta;
Samarqand viloyati – 52 ta.