Oʻzbekiston XDP Toshkent shahar kengashi tomonidan Yakkasaroy tumanidagi «Qoʻshbegi» MFYda 15-may – «Xalqaro oila kuni» munosabati bilan «Oilalar mustahkamligi – jamiyat taraqqiyotining garovi» mavzusida maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston XDP Toshkent shahar kengashi masʼullari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida deputatlar tomonidan mamlakatimizda oila institutini yanada rivojlantirish borasidagi qonunchilik tashabbuslari, partiyaning bu boradagi amaliy ishlari xususida ishtirokchilarga maʼlumot berildi.
Shuningdek, partiya faollari mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatining rivojlanish jarayonida maʼnaviyatni yuksaltirish, oilaviy munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalari dolzarb ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidladi.
Tadbirda ayni yoʻnalishdagi ishlarni yanada jonlantirish va samarali tashkil etish borasida fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi. Muloqot partiya faollari hamda mahalla faollarining qizgʻin suhbati shaklida savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.