Piramidaning asosini jismoniy harakatlar darajasi va vazn nazorati tashkil etsa, keyingi bosqichi hoʻl meva va sabzavotlar, boshoqlilar, dukkaklilar, kartoshka, yorma, guruch hamda non mahsulotlarini oʻz ichiga oladi. Undan keyingi bosqichlari esa goʻsht, baliq, tovuq, pishloq, sut mahsulotlari, sariyogʻ, tuxum kabilar tashkil etib, soʻnggi bosqich, yaʼni piramida choʻqqisi qandolat mahsulotlari, shakar, tuz va yogʻlar bilan yakunlanadi.

Ovqatni kunning maʼlum vaqtida isteʼmol qilish — bu shartli reflekslar hosil boʻlishiga imkon yaratadi hamda oʻz navbatida organizmni ovqat qabul qilishga tayyorlaydi. Nonushta va tushlik, kechki ovqatlar oraligʻidagi vaqt 5 — 6 soatni tashkil etishi, mabodo uyqudan oldin ovqatlanish ishtiyoqi boʻlsa kamida 2-3 soat oldin taom qabul qilish kerak.

Kunda 4 marotaba ovqatlanishda uning taxminan 25 foizi birinchi nonushtaga, 15 foizi ikkinchi nonushtaga, 35 foizi tushlikka, 25 foizi kechki ovqatga toʻgʻri kelishi lozim.

Kunda 5 marotaba ovqatlanishda ertalablari va tushlikda koʻproq taom, kechki ovqat esa toʻgʻri kelishi kerak.