“Sog'lom turmush” medali ta'sis etildi

    Mamlakatimizda 27 May 2020 3799

    “Sog'lom turmush” medalini ta'sis etish to'g'risida” Qonun (O'RQ-621-son, 26.05.2020 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

    Qonun bilan “Sog'lom turmush” medali ta'sis etildi va medal to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

    “Sog'lom turmush” medali bilan aholi orasida sog'lom turmush tarzini shakllantirishga qo'shgan hissasi uchun sog'liqni saqlash muassasalari shifokorlari, OAV vakillari va blogerlar, fuqarolar, namunali oilalar va sportchilar va boshqa shaxslar mukofotlanadilar.

    Medal bilan mukofotlangan shaxslar BHMning 10 baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti oladi va qonun hujjatlarida belgilanadigan imtiyozlardan foydalanadi.

    ▫️ Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.