Viloyat hokimi o‘rinbosari I.Ibragimov davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan mahalla binosining qurilishida jonbozlik ko‘rsatgan tadbirkor va mahalla raisiga tuman hokimligining tashakkurnomasini topshirib, kelgusida aholiga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish uchun ushbu binoda barcha imkoniyatlar mavjud ekanligini aytib o‘tdi.
Shuningdek mutasaddilar ushbu mahalladagi bolalar maydonchasi va futbol maydonida shug‘ullanayotgan yoshlar bilan dildan suhbatlashishdi.
Ma'lumot o‘rnida, yaqin kunlarda tumandagi yana 6 ta yangi mahalla binosini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.