Film rejissyorlar Daniyel Acadi Faezi, Mila Jluktenko, operator Sadriddin Shahobiddinovlardan iborat ijodiy guruh tomonidan ishlandi.
Mazkur kinokartina “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida germaniyalik ijodkorlar bilan birga yaratilgan.
“Sohil” qisqa metrajli filmida Orolboʻyida yashaydigan baliqchi haqida hikoya qilinadi.
Maʼlumot uchun, “Kino 5 kunda” tanlovida Filippin, Belarus, Ispaniya, Yaponiya, Hindiston, Rossiya, Armaniston, Qozogʻiston va boshqa mamlakatlardan yosh kinoijodkorlar ishtirok etishdi.