Soliq-bojxona siyosati va maʼmurchiligini yangi bosqichga olib chiqiladi

    Yigʻilishda soliq va bojxona sohalaridagi kamchiliklar bu tizimlarda navbatdagi islohotlarni talab qilayotgani qayd etildi.

    Mutasaddilarga malakali ekspertlar, olimlar va tadbirkorlar jamoatchilik kengashini jalb qilib, soliq-bojxona siyosati va maʼmurchiligini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha asosli takliflarni kiritish topshirildi.

    Shuningdek, vazirlarning oʻz sohasidagi yoʻriqnoma va boshqa idoraviy hujjatlarni qabul qilish boʻyicha vakolati aniq belgilanishi lozimligi taʼkidlandi.

    «Eng barqaror munosabatlar – qonun bilan, yangi islohotlar – Prezident hujjati bilan, tarmoq va hududlarni rivojlantirish – Hukumat qarori bilan belgilanadi. Ularni hayotga tatbiq etish boʻyicha faqat idoraviy hujjatlar qabul qilinadi.
    Ana shunda, islohotlar natijalari odamlarimizga tezroq yetib boradi», — dedi Prezident.