Soliq huquqbuzarligi haqida xabar berganlarga qancha mukofot toʻlangani maʼlum qilindi

    2025-yilning yanvar iyun oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 54 401 ta murojaat kelib tushgan.

    Bu haqda Soliq qoʻmitasi maʼlumotlarida keltirilgan.

    Qayl etilishicha, murojaatlarning:

    • 49 015 tasi xarid cheki bermaslik;
    • 1 898 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
    • 126 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
    • 3 362 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha boʻlgan.

    Murojaatlarning 26 155 tasi takroriy boʻlgani yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotgani sababli koʻrib chiqilmagan.

    Murojaatlar asosida 21 702 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99,1% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

    Huquqbuzarlik holatlari boʻyicha xabar bergan fuqarolarga 24 762 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 17,7 mlrd soʻm mukofot toʻlangan.