Unga koʻra:
- Fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi (avval 100 foiz);
- Bir yil davomida takror sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar (227 prim 1-modda) uchun qoʻllanilgan moliyaviy jarimalar boʻyicha mavjud qarzdorlikning 98 foizi hisobdan chiqariladi va qarzdorlikni undirish bilan bogʻliq sud va ijro ishlari tugatiladi.
Undirilgan jarima summalarining 98 foizi kelgusi toʻlovlar hisobiga tadbirkorlik subyektlariga qaytariladi.