Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva shahri bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik holati fosh etildi.
Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Aniqlanishicha, fuqaro R.D. «E.I.» MCHJ rahbari D.M.ning ishonchiga kirib, korxonaning 608 mln so‘mlik soliq qarzdorligini Sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasining Xorazm viloyati bo‘limi raisi O.A. orqali bartaraf qilib berishini va’da qilgan.
U ushbu xizmat evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan. Tezkor tadbir davomida O.A. ham 500 AQSh dollarini olgan paytida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.