Soliq qoʻmitasi ogohlantirish bilan chiqdi

    Fuqarolarning elektron pochtalariga soliq qarzi mavjudligi va uni toʻlash zarurligi haqida xabarnomalar firibgarlar tomonidan yuborilmoqda.

    Soliq qoʻmitasining xabar berishicha, Qoʻmita nomidan yuborilgan ushbu xatlar firibgarlikning bir koʻrinishi ekani va soliq xizmatiga hech qanday aloqasi yoʻq.

    Qayd etilishicha, Soliq organlari soliq toʻlovchilarga elektron hujjatlarni faqat my.soliq.uz va my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinet orqali yuboradi. Hisoblangan soliqlar va qarzdorlik haqidagi barcha maʼlumotlar real vaqt rejimida shaxsiy kabinetda va Soliq mobil ilovasida mavjud.

    Savollar yuzaga kelsa, soliq toʻlovchilar oʻzlariga biriktirilgan soliq inspektoriga murojaat qilishlari mumkin, uning aloqa maʼlumotlari shaxsiy kabinetida koʻrsatilgan.

    Qoʻmita tasdiqlanmagan maʼlumotlar, shubhali havolalar, yuklamalar va ilova fayllaridan ehtiyot boʻlishga chaqirdi.

    Qoʻmita tasdiqlanmagan maʼlumotlar, shubhali havolalar, yuklamalar va ilova fayllaridan ehtiyot boʻlishga chaqirdi.