Soliq qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, ushbu nosozlik oqibatlarini bartaraf etish ishlari toʻliq yakunlandi. Barcha soliq toʻlovchilarga notoʻgʻri yechib olingan mablagʻlar avtomatik ravishda toʻliq qaytarildi. Shuningdek, mazkur holat tufayli tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida vaqtincha pasaygan ballari avvvalgi holatiga tiklandi.
Qoʻmita qoʻshimcha savollar yuzaga kelgan holda «Qayta aloqa» tizimidan foydalanish mumkinligini eslatdi.
— Biz tushunamiz, ushbu holat koʻplab savol va xavotirlarga sabab boʻldi. Shu bois soliq toʻlovchilarga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararni kamaytirish choralari koʻrildi. Kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha zarur choralarni koʻramiz. Sizning soliq xizmatiga boʻlgan ishonchingiz va qatʼiyatingiz biz uchun muhim, — dedi Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev.









