Soliq qoʻmitasiga yangi rais tayinlandi

    Farrux Jaxongirovich Pulatov Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

    Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

    Tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshirildi.