Mazkur farmon ijrosini Toshkent viloyati misolida tahlil qilib ko'raylik. O'tgan vaqt davomida viloyat soliq organlariga soliq to'lovlarini uzaytirish yuzasidan 328 ta ariza kelib tushdi. Ushbu murojaatlar asosida 27,1 mlrd. so'mlik soliq to'lovlarining muddati kechiktirildi. Jumladan, qishloq xo'jaligi texnikalarini ta'mirlash hamda servis xizmatlari ko'rsatishga ixtisoslashgan “YUqorichirchiq Agroservis” MCHJga 89 mln. so'm miqdorida soliq imtiyozi qo'llanildi.

Korxona pandemiya sharoitida qiyinchilikka duch kelishiga qaramay, faoliyatini davom ettirdi. Qo'llanilgan soliq imtiyozi natijasida korxona hisob raqamida qolgan mablag'lar hisobidan xodimlarning oylik maoshi to'lab berildi.

Zangiota tumanidagi "WORLD CLASS" MCHJ ham karantin davrida ish jarayonini to'xtatmagan korxonalardan biridir. Karantin sharoitida 200 nafar xodimdan 60 nafari ishni davom ettirdi. Natijada 41 ming AQSH dollari miqdoridagi xomashyo eksporti amalga oshirildi va 320 mln. so'm soliq mablag'lari davlat byudjetiga to'landi.

Bundan tashqari, viloyatda karantin davrida faoliyatini to'xtatgan 730 ta yakka tartibdagi tadbirkorga 351 mln. so'm miqdordagi daromad solig'i va 146 mln.so'mlik ijtimoiy soliq bo'yicha imtiyozlar qo'llanildi.

Hukumatimiz tomonidan bunday soliq imtiyozlari joriy etilganligi tabiiyki, korxonalarning barqaror faoliyat ko'rsatishi va  ishchi-xodimlarining o'z vaqtida maosh olishiga yordam berdi, eng asosiysi, eksport rejasining bajarilishida qo'l kelib, mamlakatimizga valyuta tushumini ta'minlashda ko'mak berdi