Qayd etilishicha, Qarshi shahar Soliq inspeksiyasining soliq maʼmurchiligi shoʻbasi bosh inspektori oʻz xizmat mavqeyidan foydalanib, 2 ta dorixona rahbarining ishonchiga kiradi va unga nisbatan qoʻllanilgan 150 mln. soʻm miqdoridagi soliq qarzdorligini sud organlaridagi tanishlari orqali bartaraf qilib berish evaziga 50 mln. soʻm talab qiladi.
Lekin, DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u soʻralgan pul mablagʻidan 10 mln. 400 ming soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Qarshi shahrida kuzatilgan boshqa holatda esa, mahalliy MCHJ rahbari mansabdor tanishlari orqali transport vositalarini taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi MCHJga bankdan 1 mlrd. 500 mln. soʻm kredit olib berish evaziga, uning rahbaridan 84 mln. soʻm olgan vaqtida ushlandi.