Undan “Assalom, Navroʻz — yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassamlashtirgan qator tadbirlar oʻrin olgan.

Ana shu tadbirlar doirasida qoʻmita mutasaddilari poytaxtimizdagi 30-mehribonlik uyi hamda 103-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi.

Dastlab Navroʻzning azaliy taomili va xalqimizning milliy qadriyatlariga binoan holda dasturxon yozilib, osh tortildi. Bolalarga qoʻmita nomidan turli nomdagi 1500 dan ortiq kitob, 400 komplekt kanselyariya mahsulotlari, oʻyinchoq va shirinliklar ulashildi.

Mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida boshlangan samimiy suhbat kuy-qoʻshiq va raqslarga ulandi. Eʼtibordan mamnun boʻlgan tarbiyalanuvchilar oʻzlari yaxshi koʻrgan sheʼrlardan namunalar oʻqidi. Kelgusi orzu-maqsadlari haqida soʻzlab berdi.

Davlat soliq qoʻmitasi mutasaddilari Yunusobod tumanidagi oilaviy mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga ham sovgʻalar taqdim etdi.