Shuningdek, uch yildan ortiq vaqtdan buyon tovarlarni import qilish bilan shugʻullanayotgan, bojxona toʻlovlari boʻyicha majburiyatlarini bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga koʻra toʻlovlarni belgilangan muddatda toʻlash imkoniyatiga ega boʻlmayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi.
Bunda, ushbu tartib boʻyicha garovsiz boʻlib-boʻlib toʻlanadigan soliq yoki toʻlovlar summasi tadbirkorlik subyekti tomonidan oxirgi uch yil davomida toʻlangan soliq yoki bojxona toʻlovlari summasining 50 foizidan oshmasligi lozim.