Qarorni qabul qilishdan koʻzlangan maqsad etib tadbirkorlar va soliq organlari oʻrtasidagi nizolarni hal qilish uchun sarflanadigan vaqt va xarajatlarni kamaytirish belgilandi.
Qarorga koʻra, Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari boʻyicha ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizolar boʻyicha ekspert kengashi tashkil etiladi.
Ekspert kengashining majlislari 1 oyda kamida 2-marta oʻtkaziladi.
Ekspert kengashiga soliqqa oid nizolarni koʻrib chiqishda quyidagi vakolatlar beriladi:
soliq organlarining qarorlaridan norozi boʻlgan tadbirkorlarning murojaatlarini koʻrib chiqish, bundan jinoyat ishi doirasida yoki sud tartibida koʻrib chiqilayotgan soliqqa oid nizolar mustasno;
murojaatlarni koʻrib chiqish natijasi yuzasidan xulosa qabul qilish;
qabul qilingan xulosalarni majburiy tartibda koʻrib chiqish uchun soliq, bojxona va tegishli davlat organlariga yuborish hamda bu haqda tadbirkorni xabardor qilish.









