Somalida 2024-yil boshidan buyon vabodan 37 kishi vafot etdi

    Somalida joriy yilda vabo epidemiyasi tufayli 37 kishi hayotdan ko'z yumdi. Bu haqda mamlakat sog'liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.

    “Joriy yilning yanvar oyidan buyon mamlakatning bir qancha hududlarida vaboga chalinish bilan bog'liq 3365 ta holat aniqlangan”, deya vazirlik hisobotidan iqtibos keltiradi “Sinxua” agentligi. Kasallik mamlakatning markaziy qismida joylashgan Beledueyne shahrida avj oldi.

    Sog'liqni saqlash vazirligining qayd etishicha, toza suv va tegishli sanitariya xizmatlaridan foydalana olmaydiganlar sonining ko'payishi vabo tarqalishini kuchaytirmoqda, deb xabar beradi report.az.