Somalida bir hafta ichida 470 dan ortiq vabo va diareyaga chalinish holatlari aniqlandi

    Somalida bir hafta ichida 470 dan ortiq vabo va o'tkir suvli diareya holatlari aniqlangan, to'qqiz kishi infeksiya tufayli hayotdan ko'z yumdi.

    Bu haqda BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi hisobotida aytilgan.

    Bu 2023-yilda boshlangan epidemiyaning davomi bo'lib, o'shanda 18 000 dan ortiq odam ushbu kasallikka chalingan, ularning aksariyati besh yoshgacha bo'lgan bolalar edi.

    Ayniqsa, yaqinda suv toshqini yuz bergan Xirshabelle shtatida kasallik avj olmoqda.

    Yanvar oyining birinchi yarmida Zambiya Prezidenti vabo tufayli shahar aholisini qishloqlarga borishga chaqirgan edi. Afrikaning ushbu mamlakatida vabo epidemiyasi o'tgan yilning oktabr oyida boshlangan va kasallikka chalinish bilan bog'liq 7500 dan ortiq holat aniqlangan. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan taqdim etilgan bir million dozadagi vaboga qarshi vaksina Zambiyaga yanvar oyida yetkazib berilishi kutilmoqda, deb xabar beradi report.az.