Soʻnggi 10 oyda 5 mingdan ortiq asossiz ayblangan shaxslar oqlangan

    Oliy sud joriy yilda chiqarilgan oqlov hukmlari, sud qarorlari statistikasini eʼlon qildi.

    Joriy yilning 10 oyi davomida:

    • 603 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmlari chiqarildi;
    • 1 289 nafar shaxsga nisbatan jazo tayinlanmasdan hukm chiqarildi;
    • 10 866 nafar shaxsga oid jinoyat ishlari taraflar yarashgani munosabati bilan tugatildi;
    • 5 603 nafar shaxsga asossiz qoʻyilgan ayblar ularning ayblovidan chiqarildi;
    • 8 041 nafar shaxsning harakatlari aybiga muvofiq qayta kvalifikatsiya qilindi;
    • 4 934 nafar shaxs sud zalidan qamoqdan ozod qilindi;
    • 27 302 nafar shaxs tayinlangan jazodan shartli ozod qilindi;
    • 9 547 nafar shaxsga tayinlangan jazolar yengilrogʻi bilan almashtirildi.