Maʼlum qilinishicha, 2010-2016-yillarda yiliga oʻrtacha 121 ta hujjat, 2017 – 2020-yillarda yiliga oʻrtacha 456 ta hujjat qabul qilingan. Oxirgi 4 yillikda hujjatlar soni oʻrtacha 3,7 barabarga oshgan.

Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining nazoratga olingan 38,7 mingta topshiriqlari mavjud. Shunga mutanosib tizim shakllantirilib, davlat organlarining (62 tadan) soni 36 taga (55%) oshirilgan. Hozirda ularning soni 98 tani tashkil etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarining ijrosini tashkil etishga koʻmaklashish uchun har bir tuman (shahar)larda 4 ta sektor faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.