AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi rahbariyati ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida yoz mavsumida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berildi.
Yuzaga kelgan ovqatdan zaharlanish holatlarining 10 ta holatda uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini isteʼmol qilish natijasida “Botulizm” kasalligi qayd etilgan.
Ulardan 8 nafarini bolalar tashkil etadi). 3 ta holatda ovqat toksikinfeksiyasi qayd etilib, 13 nafar fuqaro jabrlangan, shundan 8 nafarini bolalar tashkil etadi. Kimyoviy zaharlanish 1 ta holatda qayd etilgan.
JSST maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha har yili 600 millionga yaqin kishi zaharli yoki sifatsiz ovqat isteʼmoli oqibatida kasallanadi.
Oʻzbekistonda esa 2024-yilda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan jami 20 184 ta umumiy ovqatlanish korxonalarining 1 512 tasi (7,49%)da olib borilgan tekshiruvlar natijasida ularning 664 tasi (3,29%)da sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari talablari buzilganligi aniqlangan.