Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining xabar berishicha, 2020-yilning 9 oyi davomida aniqlangan korrupsion huquqbuzarliklar sodir etgan mansabdor shaxslarning eng katta qismi, yaʼni 261 nafar shaxs (40,3%) ni JK ning 167-moddasida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etgan mansabdor shaxslar tashkil qilgan.
Shuningdek, JK ning 168-moddasi bilan 116 nafar shaxs, 184-moddasi bilan 68 nafar shaxs, 210-moddasi bilan 56 nafar shaxs, 205-moddasi bilan 24 nafar shaxs, 206-moddasi bilan 9 nafar shaxs, 207-moddasi bilan 15 nafar shaxs, 209-moddasi bilan 7 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 4 nafari respublika miqyosidagi, 15 nafari viloyat miqyosidagi 626 nafar shahar-tuman miqyosidagi mansabdor shaxslarni tashkil qiladi. Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar faoliyat yuritgan sohalar kesimi boʻyicha tahlil natijalari koʻra, 7 nafar hokim oʻrinbosarlari, 1 nafar prokuratura tizimi, 1 nafar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, 13 nafar Majburiy ijro byurosi, 1 nafar adliya tizimi, 59 nafar IIV, 6 nafar DSQ, 1 nafar bojxona tizimi, 2 nafar Milliy gvardiya, 3 nafar Mudofaa vazirligi, 57 nafar Sogʻliqni saqlash vazirligi, 8 nafar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, 15 nafar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, 89 nafar Xalq taʼlimi vazirligi, 36 nafar Maktabgacha taʼlim vazirligi, 34 nafar tijorat banklari rahbar xodimlari, 184 nafar ustavida davlat ulushi mavjud boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari jinoiy javobgarlikka tortilgan.
2020-yilning 9 oyi davomida korrupsion jinoyatlar oqibatida 200 mlrd. soʻmdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan.