Soʻnggi 9 oyida 177 mingta nikoh qayd etilgan

    Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2025-yilning yanvar sentyabr oylarida FHDYO organlarida 177 mingta nikoh qayd etilgan.

    Shundan shahar joylarida – 91,2 mingta, qishloq joylarida – 85,8 mingta nikoh qayd etilgan.

    Nikohlar soni yillar kesimida quyidagicha (yanvar sentyabr):

    • 2021-yil – 206,8 ming
    • 2022-yil – 197 ming
    • 2023-yil – 184,5 ming
    • 2024-yil – 179,4 ming
    • 2025-yil – 177 ming.